Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi vingeri Rodrigo Goes terma jamoadagi roli haqida gapirdi.
“Jin ursin, men endi jamoaning eng yosh a'zosi emasman”, deb o'ylaydigan paytlarim bo'ladi. Lekin shuni aytishim mumkinki, men bu tajribani boshdan kechirganimdan xursandman. Yoshligimga qaramay, menga etuk inson sifatida munosabatda bo'lishdi va yangi kelganlarga qo'limdan kelgancha yordam beraman.
Terma jamoaga kelganimda olgan maslahatlarimni hammasini aytib beraman. Bugun ko'plab futbolchilar Braziliyada va tez orada Evropaga kelishadi. Ularning ko'plari esa terma jamoada o'ynashgan. Men 23 yoshda bo'lsam ham, allaqachon ko'p narsalarni boshdan kechirganman va qanday munosabatda bo'lishni bilaman.
Mening mas'uliyatim ortib bormoqda. Men buni yodda tutaman va u o'sishda davom etadi. Men yangi avlodga mansubman va uning etakchilaridan biri bo'lishim mumkin.
Jamoaga nima olib kelishim mumkinligini bilaman. Muxlislar mendan ko'p narsa kutishlarini bilaman", - deya Rodrigoning so'zlarini keltirmoqda The Guardian.