Madridning “Real” klubi joriy mavsum yakunida jamoaga kelib qo'shiladigan hujumchi Kilian Mbappeni yaqinlashib kelayotgan yozgi Olimpiya o'yinlariga qo'yib yuborish niyatida emas.
Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon X ijtimoiy tarmog'ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli futbolchi "qirollik" klubi bilan shartnoma imzolagan. U Mbappe bilan shartnoma imzolaganida “Real” uni Olimpiadaga qo'ymasligi ma'lum bo'lgandi.
Ta'kidlanishicha, frantsiyalik hujumchi klubning shartini qabul qilgan.