Frantsiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Parijda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlarida qatnashish istagini bildirdi.
"Menda hamisha shunday ambitsiyalar bo'lgan, chunki Parijdagi Olimpiada men uchun alohida ahamiyatga ega.
Men har doim u erda bo'lishni xohlayotganimni aytdim, lekin bu menga bog'liq emas. Mening ambitsiyalarim o'zgarmadi. Qaror hali ham o'sha shaxsga tegishli.
U erga borsam, orzuim ushaladi. Agar bu amalga oshmasa, men uchinchi shaxslarning aytganini qilishga majburman", - deya Mbappening so'zlarini keltiradi Eurosport.