Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Dias Marokash terma jamoasidagi debyuti haqida gapirdi.
Yarim himoyachi Angolaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasiga minimal 1:0 hisobidagi g'alaba qozonishiga yordam berdi.
"Marokash terma jamoasi a'zosi ekanligimdan va muxlislar mehrini his qilayotganimdan juda faxrlanaman.
Barcha muxlislardan minnatdorman, bu menga juda yoqdi. Bu men va oilam uchun faxr belgisidir", - deya Diasning so'zlarini keltiradi Relevo nashri.