"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshi Garet Beyldan norozi bo'lmoqda.
Portugaliyalik futbolchining fikriga ko'ra, Beylning o'rniga yosh hujumchi Marko Asensioga asosiy tarkibda ko'proq imkoniyat berish kerak. Ma'lumki, "Betis"ga (0:1) qarshi o'yinda Asensio 23 daqiqa o'ynadi. Ronaldu buni kam deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, Krishtianu Borxa Mayoralni asosiy tarkibga yaqin yo'latmaslik tarafdori bo'lib turibdi, deb xabar beradi Don Balon.