Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich har bir o'yinda o'rtacha uzatmalar soni bo'yicha La Ligada etakchilik qilmoqda.
38 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy mavsumda "Los-Blankos"ning asosiy tarkibda maydonga tushgani yo'q, biroq o'rtacha 90 daqiqada 3,3 ta golli xavfli vaziyat yaratadi.
Who Scored talqiniga ko'ra, bu La Ligadagi eng yaxshi natija (kamida 500 daqiqa o'ynagan futbolchilar orasida).
Ikkinchi o'rinni "Betis"dan Isko va "Selta"dan Yago Aspas bo'lishdi - 3,2. Kuchli beshlikka shuningdek, mavsum davomida “Sevilya”ni tark etgan Ivan Rakitich (3,1) va “Barselona”dan Ilkay Gyundogan (3) kirdi.