Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes La Liganing yaqinda "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinida (3:0) qizil kartochka olgani uchun ikki o'yinga diskvalifikatsiya oladi.
Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis "Real" bilan o'yinda "Barsa" murabbiylik o'rindig'iga qaytadi. "el-klasiko" 21 aprel kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Xavi Ispaniya chempionati doirasida "Las-Palmas" va "Kadis"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.