Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes La Liganing yaqinda "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinida (3:0) qizil kartochka olgani uchun ikki o'yinga diskvalifikatsiya oladi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis "Real" bilan o'yinda "Blaugrana" murabbiylik o'rindig'iga qaytadi. "El-klasiko" 21 aprel kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Xavi Ispaniya chempionati doirasida "Las-Palmas" va "Kadis"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. La Liganing 29-turi natijalariga ko'ra, "Barselona" 64 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.