"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Gutining fikricha, Andrey Lunin uzoq muddatda "qirollik klubi"ning asosiy darvozaboni bo'lishga qodir.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik bir necha oy davomida “Los-Blankos”ning birinchi raqamli posboni bo'lib kelmoqda, biroq bu Tibo Kurtuaning jarohati bilan bog'liq.
Belgiyalik futbolchi yaqinda yana bir jarohat oldi, shu sababli u mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.
"Men Luninni kelajakda "Real Madrid"ning asosiy darvozaboni sifatida ko'raman", - deya Gutining so'zlarini keltiradi El Chiringuito TV.