Eduardo Iturralde Gonsales Jud Bellingemning diskvalifikatsiyasi haqida gapirdi.
"Real Madrid" yarim himoyachisi "Valensiya"ga qarshi o'yinda hakam Xesus Xil Mantsanoning 99-daqiqada ko'rsatgan qizil kartochkasi uchun diskvalifikatsiyaga uchragan edi.
Angliyalik futbolchi hakamga nisbatan "la'nati" so'zini ishlatgani uchun La Liganing ikkita o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi. "Xetafe" yarim himoyachisi Meyson Grinvud va "Rayo Valekano" himoyachisi Abdul Mo'min ham bu mavsumda hakamga nisbatan haqoratli so'z ishlatgani uchun qizil kartochka olgandi.
“Primeroning barcha hakamlari ingliz tilida gaplashadi. Ammo Bellingem o'z ohangidagi tajovuzkorligi uchun maydondan chetlatildi.
Madaniy sabablarga ko'ra ingliz futbolidagi hakamlar bunday tilga toqat qilishlari mumkin.
Bu iborani ishlatish qizil kartochkaga tenglashtirilmasligi kerak. Vaziyat kontekstiga, qo'llanilayotgan ohangga qarab, hakamga qaror qabul qilishiga imkon berish kerak. Odamlarning aytishicha, maydonda o'yinchilarning yurak urishi daqiqasiga 150 zarbaga etadi, aytilayotgan so'zlar ham tabiiy”, - dedi sobiq hakam.