"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos germaniyalik jamoadoshi Jamol Musialani maqtadi.
“Musiala va Virts? Men Bundesligani ko'p kuzatmayman, Chempionlar Ligasini tez-tez tomosha qilaman. Jamolni o'sha erda ko'rdim. Men uni hech qachon shaxsan o'ynaganini ko'rmaganman, lekin uning nimalarga qodirligini tushunish uchun birgalikdagi bitta mashg'ulot etarli edi. Mening vazifamning bir qismi bu bolalarga erkin o'ynashga yordam berishdir.
Bunday ajoyib iste'dodlar o'yinni yanada qiziqarli qiladi va quvonch keltiradi", - deya Kroos so'zlarini keltiradi Madrid Zone.