"Jirona" himoyachisi Yan Kouto "Real"ga qarshi o'yinlar u uchun juda qiyin bo'lganini tan oldi.
Jamoalarning fevral oyida bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvi "qaymoqranglilar"ning o'sha paytdagi La Ligadagi asosiy raqiblari ustidan yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangandi - 4:0.
"Real"ga qarshi o'yin men uchun juda og'ir kechdi. O'sha kuni men ko'p narsalarni o'rgandim.
Vinisiusni to'xtatish qiyin ish. Men hatto undan tinchlanishni so'radim", - deya huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan 21 yoshli Koutoning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.