"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azar o'ynashda davom etishi mumkinmi, degan savolga javob berdi. Eslatib o'tamiz, belgiyalik vinger 2023 yilning oktabrida 32 yoshida faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.
"Bu yaxshi savol. O'ylaymanki, men o'ynashda davom etishim mumkin edi, lekin jarohatlarim ko'p bo'lgani uchun futbol bilan mashg'ul bo'lmasllikka qaror qildim. Endi men hech narsadan afsuslanmayman", dedi Azar.
Faoliyatida Azar “Lill”, “Chelsi” va “Real” klublarida o'ynagan. Butun davr mobaynida Azar 623 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 167 ta gol urdi va 157 ta golli uzatmani amalga oshirdi.