Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jurnalistlardan Germaniya terma jamoasidagi kelajagi haqida savol oldi.
“Evropa chempionatidan keyin jamoani tark etamanmi? Men hali bu haqda o'ylamaganman. Kelajak haqida ko'p narsalar hali ham noma'lum. Kelasi mavsum uchun klub bilan shartnomam ham yo'q. Men birinchi navbatda shu muammoni hal qilmoqchiman", dedi Kroos matbuot anjumanida.
Kroos 2021 yilda Germaniya terma jamoasini tark etgan, biroq yaqinda qaytishga qaror qilgandi. Toni o'z terma jamoasi bilan 2014 yilda jahon chempionligini qo'lga kiritgan.