“Real”ning 14 nafar futbolchisi milliy terma jamoalarga chaqirildi. Eslatib o'tamiz, ushbu haftada jamoalar saralash turnirlari va nazorat uchrashuvlari doirasida o'z o'yinlar o'tkazishadi.
"Los-Blankos" lagerini quyidagi futbolchilar tark etadi: Andrey Lunin (Ukraina), Braim Dias (Marokash), Arda Guler (Turkiya), Federiko Valverde (Urugvay), Luka Modrich (Xorvatiya), Jud Bellingem (Angliya), Xoselu , Daniel Karvaxal (Ispaniya), Antonio Ryudiger, Toni Kross (Germaniya), Aurelien Tchuameni, Eduardo Kamavinga (Frantsiya), Vinisius Junior, Rodrigo (Braziliya).
Aytish joizki, hozirda “Palmeyras”da o'ynayotgan, biroq yozda “Real”ga o'tadigan Endrik Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan.