Jud Bellingem kelishi bilan Federiko Valverdening "Real Madrid"dagi roli o'zgardi. Endi urugvaylik o'yinchining o'rni unchalik kreativ emas.
Biroq Valverde Anchelottining talablarini xotirjamlik bilan bajaradi va bosh murabbiy futbolchidan juda mamnun. Relevo xabariga ko'ra, Valverde bir kun kelib "Real Madrid" sardori bo'lishdek ulkan maqsadni qo'ygan.
Urugvaylik bu istak haqida o'z yaqinlariga muntazam ravishda gapirib turadi. Federiko maydonda astoydil ishlaydi, jamoa natijalarini gol urish istagidan ustun qo'yadi. Federiko Valverde “Real” safida jami 245 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan.