Madridning “Real” klubi Frantsiya futbol federatsiyasiga o'z futbolchilarini Parij Olimpiadasiga jo'natmasliklari haqida maktub yo'lladi.
Biroq Le Parisien maktubda faqat Eduardo Kamavinga va Ferlan Mendining ismlari borligini ta'kidlamoqda.
Garchi Terri Anri ikkala futbolchini ham tarkibga chaqirishi mumkin. "Real Madrid" ham boshqa klublar singari o'z futbolchilarining Evro-2024 va Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lib turibdi.