Hujumchi Vinisius Juniorning maydondagi intizomi «Real»dagilarni xavotirga solmoqda.
O'yin saviyasi borasida braziliyalik o'yinchiga hech qanday e'tiroz yo'q. Ammo Vinisius deyarli har bir o'yinda raqib futbolchilari va hakamlar bilan ortishmoqda. Bu xulqi uchun ko'p sariq kartochka olmoqda.
Bundan tashqari, 23 yoshli futbolchi raqib jamoa muxlislarida adovat qo'zg'amoqda. Bunga javoban u irqchilik kamsitilishiga uchramoqda.
Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Vinisiusni tartibga solish uchun turli uslublarni qilib ko'rishdi, ammo bu hozircha naf bermayapti. Shuningdek, jamoadoshlari ham Juniorni tinchlantira olmayapti.