"Real Madrid" yaqin vaqtlar ichida jamoa sardori Serhio Ramos bilan shartnomani uzaytiradi, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
31 yoshli futbolchi amaldagi shartnomasi 2020-yilda yakuniga yetadi. Oldinroq klub 2015-yilda Ramos bilan yana 5 yillik shartnomaga imzo chekgan edi, biroq rahbarlar Serhio bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishmoqchi.
Agarda "El Kapitano" 2021-yilgacha jamoada qolsa, u "Madrid" libosida 17-yil harakat qilgan bo'ladi.
La Liga 6-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring