"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar" vingeri Vinisius Juniorning "Osasuna"ga qarshi (2:4) La Liga 29-turining so'nggi o'yinida haddan tashqari emotsionallik uchun sariq kartochka olganiga munosabat bildirdi.
Shuning uchun braziliyalik futbolchi keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Vinisius o'ynagan barcha bahslarida samarali bo'ldi. Ammo u ko'rsatadigan his-tuyg'ular bundan ko'proq bo'lishi ham mumkin.
Biroq, u kamtarin, jiddiy va aqlli yigit bo'lgani uchun bu vaziyatga dosh bera oladi", - deya Anchelottining so'zlarini keltirmoqda Relevo.