"Lill" markaziy himoyachisi Leni Yoro o'zi to'p tepmoqchi bo'lgan klubi haqida bir qarorga keldi. Marca xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi kelasi yozda "Real"ga o'tish niyatida.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" yosh iqtidorni 30-40 million evro evaziga transfer qilmoqchi. Bunday narx yorlig'i juda oddiy, chunki 18 yoshli futbolchining yozda "Lill" bilan shartnomasi tugashiga bir yil vaqt qoladi.
Avvalroq Yoroga "Bavariya", "Manchester Yunayted", "PSJ", "Atletiko" va "Chelsi" kabi klublar qiziqish bildirayotgan edi.
Shunga qaramay, frantsiyalik himoyachi «Real»da o'ynashni istaydi.