Hujumchi Kilian Mbappe yozda "PSJ"ni tark etib, "Real Madrid"ga o'tsa, imidj huquqining 90 foiziga egalik qiladi.
Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mont X ijtimoiy tarmog'ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida futbolchi bilan shartnoma imzolashda uning imij huquqi masalasi asosiy masalalardan biri bo'lgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar Mbappe bu huquqlarning 60 foizini o'zida saqlab qolishga kelishib olganini aytgandi, biroq frantsiyalik hujumchining onasi o'g'liga 100 foiz imidj huquqi berilishi kerakligini ta'kidlagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Mbappe Madrid klubi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgan edi.