Hujumkor yarim himoyachi Braim Dias "Real"dagi o'yinlari haqida gapirdi.
Kecha Ispaniya chempionati doirasida bo'lib o'tgan "Osasuna"ga qarshi o'yinda (4:2) vinger gol urdi.
"Jamoa yaxshi o'yin o'tkazdi. Men barcha futbolchilarning fidoyiliklarini qayd etmoqchiman. Bizning jamoamizda chegara yo'q.
Dunyoning eng yaxshi klubida o'ynaganimdan juda xursandman. Bu erda siz bor kuchingizni berishingiz kerak, men buni qilaman", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Dias 24 ta o'yin o'tkazdi. Futbolchining hisobida beshta gol va ikkita golli uzatma bor.