La Liganing 29-turidan o'rin olgan "Real" bilan o'yin (2:4) vaqtida "Osasuna" muxlislarining hayqiriqlari Ispaniya televideniesi orqali namoyish etildi.
AS xabariga ko'ra, Pamplona muxlislari: "Vinisius o'lsin" deb hayqirgan. "Real Madrid" vingeri uchrashuvda ikkita gol urdi. Gol nishonlash paytida braziliyalik barmog'ini qulog'iga qo'yib, "Osasuna" muxlislari o'tirgan tribuna oldidan yugurib o'tdi.
Ispaniya chempionatining 29-turidan keyin “Real” 72 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. "Osasuna" 36 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.