Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarohatidan so'ng tez orada jamoaga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Defence Central.
Manba bergan xabarga ko'ra, Kurtua "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga EChL chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'ynashga tayyorligini aytgan. Birinchi o'yin 9 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi. Javob o'yini - 16 aprel Manchesterda.
31 yoshli darvozabon o'tgan yilning avgust oyida jarohat olgan edi. Unga chap tizzasidagi oldingi xoch bog'lami yirtilgani tashxisi qo'yilgan.