Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Madridliklar yarim himoyachisi Arda Gyuler 94-daqiqada juda chiroyli gol muallifi bo'lishi mumkin edi. Turkiyalik futbolchi maydon markazidan yo'llangan zarba natijasida to'p «Osasuna» darvozasi to'singa tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Federiko Valverde darvozaga joylay olmadi.
O'sha vaziyatda darvozabon oldinga chiqib ketgandi.
Gyuler joriy mavsumda La Liga doirasida 5 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi.