«PSJ» hujumchi Kilian Mbappe bilan kelishib oldi, u Chempionlar ligasining chorak final bosqichigacha «Real»ga o'tish haqidagi qarorini ommaga e'lon qilmaydi.
Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, Parij klubi rahbariyati mavsumning hal qiluvchi pallasida jamoani futboldan tashqari masalalar bilan chalg'itishni istamayapti.
Ta'kidlanishicha, "PSJ" 25 yoshli hujumchining ushbu mavsum yakunida, mehnat shartnomasi muddati tugagach, jamoani tark etishiga ishonchi komil.