Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ispaniyalik yarim himoyachi Braim Diasning jamoada qolishini istamoqda.
Bu haqda jurnalist Ekrem Ko'nur xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, italiyalik murabbiy "Real"ning 24 yoshli futbolchisiga ishonadi va yarim himoyachi bilan ishlashni davom ettirmoqchi.
Ko'nurning so'zlariga ko'ra, yozgi transfer oynasida Diasni "Milan", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" nishonga olishi mumkin.