«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Alaves»ga qarshi Primera 6-tur o'yinidan oldin, o'z fikrlarini aytdi.
Ma'lumki, raqib tarkibida Zidanning o'g'li Entso to'p suradi.
«Umid qilamanki, u bizga gol urmaydi. Bu men uchun g'alati o'yin bo'ladi, biroq Entso uchun xursandman. U juda ko'p ishlamoqda.
Hozir uning jamoasi qiyin ahvolga tushib qolgan. Biroq ularning tarkibi yaxshi.
Shunday bo'lsa-da, biz bu safar bir-birimizga raqibmiz. Men "Real", u esa "Alaves" vakili» - dedi Zidan.