2012-yil 22-dekabr kuni "Real Madrid" mehmonda "Malaga" bilan kuch sinashadi va Joze Mourinyoning baxsli qarorlar sabab mag'lub bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Portugaliyalik mutaxasis Iker Kasilyasni zahira o'rindig'ida qoldiradi va Antonio Adanni asosiy tarkibda maydonga tushiradi.
Aynan 4 yil oldin "Real"ning hozirgi futbolchisi Isko andalusiyaliklar tarkibida harakat qilar edi va u Adan qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etadi. Shuningdek, Rokki Santa Kruz dubl qayd etadi. Madridliklar esa bunga 2 bor javob qaytaradi. Karim Benzemaning goli va Serhio Sanchesning avtogili hisobni 3:2 ko'rinishiga olib keladi va uchrashuv shu tarzda yakunlanadi.
Bu mag'lubiyat so'nggi 34 yilda mehmonda "Malaga"dan uchralgan yagona mag'lubiyatdir (1983/84).
Ma'lumot uchun, "Malaga" so'nggi 5 o'yinda bir marta mag'lub bo'lib 4 marta g'alaba qozondi. Qo'shimcha ravishda, andalusiyaliklar uyda o'tkazilgan so'nggi 4 ta baxsda "Barselona" (2:0), "Valensiya" (2:0), "Sevilya" (4:2) va "Selta"ni (3:0) hisobida mag'lub etdi.
La Liga 38-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring