"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi chorak finaliga qur'a tashlash marosimida "Bavariya", "Real" va "PSJ"dan qochishni afzal ko'rishini tan oldi.
"Bavariya"da zalvorli Chempionlar ligasi yutuqlari bor va ularning tarixi katta. Raqiblarning barchasini hurmat qilamiz, lekin ulardan qo'rqamiz.
Futbolchilarga aytamanki, bu o'yinlaringiz siz uchun etarli emas. Men uchun har safar guruh bosqichi qiyin bo'lgan.
Odamlar bu faqat oddiy "Kopengagen", deb bepisand bo'lishadi. Biroq bu oddiy klub emas.
Masalan "Real Madrid" "Leyptsig"ga qarshi o'ynashga qiynaladi. Biz "Leyptsig" bilan o'ynaymiz va odamlar buni oson deyishadi. Bu oson emas, hammasi qiyin.
Odamlar bizni odatdagidek qabul qilishadi, bu yaxshi, bizning standartlarimiz bor. Lekin biz o'yinchilarni yaxshi baholaymiz", – dedi murabbiy.