Kilian Mbappe "Real"ga o'tishi sababli Olimpiadani o'tkazib yuborishi mumkin.
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi Frantsiya futbol federatsiyasiga maktub yo'llab, uning hech bir futbolchisi 26 iyuldan 11 avgustgacha Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishga ruxsat berilmasligini ma'lum qildi.
Shuning uchun Mbappe "Real"ga o'tsa, Olimpiadada o'ynay olmaydi. Kilian o'zining yangi klubini o'yinlarda ishtirok etishga ko'ndirish juda qiyin bo'lishini tushunadi.