"Atletiko Madrid" muxlislari Vinisiusni irqiy tahqirladi. La Liga esa bundan norozi va "qirollik klubi"ning shikoyatini qo'llab-quvvatlaydi.
Tashkilot braziliyalikka bo'lgan haqoratlar bo'yicha prokuraturaga xabar berdi.
La Ligaga oid manbalar tashkilotning futbolni nafratdan xoli maydonga aylantirishga sodiqligini qayd etdi va bu yondashuvga amal qilishda davom etishini ta'kidladi.
Avvalroq, “Atletiko Madrid” muxlislari Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Inter”ga qarshi o'yin oldidan “Real” vingeri haqida: “Ole-ole-ole, Vinisius shimpanze!” deya kuylagandi.