Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos jamoasining Ispaniya chempionati doirasidagi “Osasuna”ga qarshi navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. Jurnalist Melchor Ruizning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachining mushaklari haddan tashqari toliqqan, shu bois uning dam olish kunlaridagi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.
Sebalos bu mavsumda "Real Madrid"ning asosiy yarim himoyachisi emas. Barcha musobaqalardagi so'nggi 9 o'yinning 6 tasida Dani zaxiradan maydonga tushdi.
Joriy mavsumda Dani Ispaniya chempionatining 14 uchrashuvida bitta golli uzatmani amalga oshirgan.