Madridning "Real" klubi hali yarim himoyachi Luka Modrichga yangi shartnoma taklif qilmadi, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Ammo klub keyinchalik unga bir yillik yangi shartnoma taklif qiladi. Madridliklar 38 yoshli futbolchi bilan uzoqroq shartnoma imzolash niyatida emas.
Modrich Karlo Anchelottining murabbiylar shtabiga qo'shilish taklifini rad etgani haqida ma'lumot bor edi, xorvatiyalik futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida o'ynashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Luka yozda "Real"ni tark etishga tayyor ekani ham xabar qilingandi.
Luka 2012 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida futbolchi 520ta o'yin o'tkazib, 39ta gol urdi, 83ta golga assistentlik qildi va 25ta sovrinni qo'lga kiritdi.