"PSJ" "Liverpul" vingeri Luis Diasga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi El Pais nashri.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida "PSJ"ni tark etishi mumkin bo'lgan Kilian Mbappe o'rniga nomzodlardan biri hisoblanadi.
Dias "Liverpul"da 2022 yilning yanvaridan beri o'ynamoqda. Joriy mavsumda u "mersisaydliklar" safida barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 75 million evroga baholamoqda.
Avvalroq Diasning transferiga "Barselona" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.