«Real» klubi skautlari «Everton» himoyachisi Jerred Brentueytni diqqat bilan kuzatishmoqda.
Klub bosh murabbiyi Karlo Anchelottining tavsiyasidan keyin «Real» rahbariyati ushbu himoyachini kuzatishni boshlagan. Xususan, klub vakillari «Everton» va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi o'yinni stadiondan tomosha qilishdi.
Anchelotti «Everton»ni boshqargan paytdan beri Jerredni yaxshi biladi. Angliyalik futbolchi 2020 yilda ushbu murabbiy qo'l ostida debyut qilgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Everton» Brentueyt uchun 70 million funtda ko'proq mablag' talab qilishi mumkin.
21 yoshli futbolchiga, shuningdek, «MYu», «Chelsi» va «Nyukasl» klublari ham qiziqish bildirmoqda.