Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo o'z didiga ko'ra ramziy jahon jamoasini tuzib chiqdi.
Uning ramziy terma jamoasi quyidagicha ko'rinish oldi: Buffon - Kafu, Maldini, Kannavaro, Roberto Karlos - Zidan, Maradona, Pele - Messi, Ronaldu, Ronaldo.
Ko'rib turganingizdek, Ronaldo Daily Mail nashriga bergan intervyusida o'zini ramziy jamoaga kiritdi. U o'zini Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan keyingi hujumda birinchi o'ringa qo'ydi.