"Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin yaqin kelajakdagi rejalari haqida bir qarorga keldi. Jurnalist Mario Korteganning xabar berishicha, darvozabon "qirollik" klubi bilan yangi mehnat shartnomasi tuzmoqchi.
Futbolchi muzokara jarayonini boshlashga tayyor. 25 yoshli futbolchi 2018 yilning yozidan buyon madridliklar safida to'p tepmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum so'ngida tugaydi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Andrey 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi.