"Real Madrid"ning frantsiyalik futbolchisi Eduardo Kamavinga joriy mavsum Madrid klubida qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutishni istayotganini aytdi.
"Bu yil klub bilan Ispaniya chempionatida ham, Chempionlar ligasida ham barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni maqsad qilganman. Chorak finalda “PSJ” bilan to'qnash kelishimiz mumkin, ammo “Real” hech qanday raqibdan qo'rqmaydi. Siz harakat qilib, oldinga borishingizga to'g'ri keladi ", - deya Kamavinga so'zlarini keltiradi Telefoot.
"Real Madrid" La Liganing joriy mavsumida 28-turdan keyin 69 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Jirona”dan 7 ochkolik farqi bor.