"Real Madrid"ning o'ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Mavsum oxirida tajribali futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi tugaydi, ammo rahbariyat unga yangi shartnoma taklif qiladimi yoki yo'qmi, Lukas hozircha bilmaydi.
"Men "Real Madrid"da juda baxtliman, lekin kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Ko'ramiz", - deya himoyachining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
32 yoshli Vaskes so'nggi oylarda Italiya A Seriyasi va Angliya Premer-ligasi klublariga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy Ispaniya chempionatida Lukas bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.