"Real" klubining turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyuler La Liganing 28-turi doirasidagi "Selta"ga (4:0) urilgan gol haqida gapirdi.
"Real Madrid"da bo'lganimdan juda xursandman. Bu dunyodagi eng yaxshi klub va barcha qiyinchiliklarga qaramay, menda bu qiyin bosqichni engib o'tish uchun sifat va xarakter borligiga ishonaman. Hozircha mavsum men uchun unchalik oson bo'lgani yo'q, ammo umid qilamanki, bu goldan keyin hammasi yaxshi bo'ladi", — dedi Gyuler.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Gyuler o'tgan yozda "Fenerbaxche"dan 20 million evro evaziga "Real Madrid"ga o'tgan edi.