"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoadagi debyut golidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
19 yoshli turkiyalik futbolchi La Liganing 89-daqiqasida "Selta"ga qarshi o'yinda (4:0) zaxiradan maydonga tushdi va 94-daqiqadayoq raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.
Yosh futbolchi “Los Blankos” safida oltita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
“Birinchi golimdan juda xursandman. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Umid qilamanki, oldinda yana ko'p gollar bor va buning uchun astoydil harakat qilaman", – dedi Gyuler.