"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Arda Gyulerning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
19 yoshli futbolchi “Los-Blankos” safidagi ilk golini “Selta”ga (4:0) qarshi La Liga uchrashuvida kiritgandi.
O'tgan yozda "Fenerbaxche"dan kelgan turkiyalik yosh futbolchi "Real" safida bor yo'g'i 6ta o'yinda maydonga tushdi. Umidli futbolchi jarohati sabab mavsumning birinchi yarmini to'liq o'tkazib yubordi.
“Gyuler juda kam o'ynadi, lekin har doim nimadir ko'rsata olishiga ishonadi.
U o'z iste'dodini nihoyat ko'rsatdi. Arda juda iqtidorli o'yinchi, u sezilarli darajada yaxshilangan va katta shiddat bilan o'ynaydi. Uning kelajagi "Real"da, bunga hech qanday shubha yo'q", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.