"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Qirollik klubi"da faqat bir shart bilan qoladi.
Diario AS nashri xabariga ko'ra, 38 yoshli xorvatiyalik futbolchi yangi shartnomaga loyiq ekanini tushunsagina jamoada qoladi. Xabar qilinishicha, "Sevilya"ga urilgan g'alabali gol Modrichning kayfiyatini o'zgartirgan. Tajribali yarim himoyachi mavsumning qolgan qismida bor kuchini berib, "Real"da yana kamida bir marta qolishga loyiq ekanligini o'ziga isbotlash niyatida.
Oldinroq "Real" Lukaga Karlo Anchelottiga yordamchi bo'lishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi, biroq yarim himoyachi bu imkoniyatdan voz kechdi, chunki hali faoliyatini yakunlamoqchi emas.