La Liga prezidenti Xaver Tebas "Los-Blankos"dagi o'yinlarda ishlaydigan hakamlar xatolarini tahlil qiluvchi videorolik tayyorlayotgan "Real Madrid" klubi televideniesini tanqid qildi.
"Real Madrid" televizion videolari boshqa jamoalarda asabiylashish holatini keltirib chiqaradi. Siz hakamlardan g'azablanishingiz mumkin, lekin bunday holatlarni qo'zg'atmang. Xatolar haqida gapirish bir narsa, lekin o'yin oldidan video tayyorlash boshqa narsa. Biz La Ligada buni noto'g'ri deb hisoblaymiz", - dedi Tebas Relevo bilan suhbatda.