«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Jud Bellingemning 2 ta o'yinga chetlatilgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz apellyatsiya berdik. Chunki jazodan haddan ortiq deb hisoblaymiz. Tartib-intizom qo'mitasi futbolchining harakatini tajovuzkor deya hisoblagan...
Ba'zida futbolchilar hakam bilan tortishishadi, lekin butun dunyoda shunday qilishadi... Ba'zida hakamga nisbatan e'tiroz Bellingemnikiga nisbatan ham keskinroq bo'ladi», – dedi Anchelotti.