Madridning “Real” klubi himoyachisi Eder Militao xochsimon paylarini shikastlab olgan edi. Tez orada u maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, himoyachi "Real Madrid" jamoasining "Selta" bilan La Liganing 28-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rish uchun umumiy o'yinchilar guruhida hozirdanoq mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda, biroq klub himoyachini tiklanishda majburlash niyatida emas.
Futbolchi kelasi oydanoq jamoaviy o'yinlarda qatnashishi kutilmoqda.