Madridning “Real” klubi yozda “Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis uchun katta mablag' sarflamoqchi emas.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" kanadalik uchun zarur bo'lgan 60-70 million evroni to'lamasligini aniq aytgan.
"Real" Devisning yozda "Bavariya" bilan shartnomasi tugashiga bor-yo'g'i bir yil qolganini tushunadi.
"Qirollik klubi" futbolchining "Santyago Bernabeu"ga o'tish istagini inobatga olib, "Bavariya" himoyachini sotishda chegirma qilishi kerak, deb hisoblamoqda.