"Lill" o'zining markaziy himoyachisi Leni Yoroni to'g'ridan-to'g'ri raqiblar, ya'ni "PSJ"ga sotmoqchi emas. Jurnalist Xose Feliks Diasning xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchini xorij jamoasiga sotmoqchi.
Manbaga ko'ra, Yoroni transfer qilish uchun favorit "Lill" bilan muzokaralarni bosqichma-bosqich olg'a surayotgan "Real Madrid" bo'lib turibdi.
Futbolchi yangi shartnoma imzolamoqchi emas, shu bois klub uni yozda chegirma bilan sotishga tayyor. Yoroga yangi markaziy himoyachi kerak bo'lgan Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqmoqda.